» » Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbari Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.

“Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining umumiy yer maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.

Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu yerda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kanselyariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют