» » Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning daromadi ko‘paysa, budjetga pul ko‘proq tushadi

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning daromadi ko‘paysa, budjetga pul ko‘proq tushadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent motor zavodida shaharda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev hozir foydalanilmayotgan Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan har bir tumanda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

“Ular asosida kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Oilalarga kirib borish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish lozim. Odamlarning daromadi ko‘paysa, to‘lov qobiliyati ham yuqori bo‘ladi, mahalliy budjetlarga pul mablag‘i ko‘proq tushadi. Hokimliklarda turli ijtimoiy obyektlar qurish imkoniyati kengayadi, yurtimizga yanada ko‘proq baraka kiradi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shu yerning o‘zida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari va istirohat bog‘lari, tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan dori-darmonlar, qandolatchilik mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash, tibbiyot va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish loyihalari ham namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri haqida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют