» » Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida kutilmaganda poliklinikaga kirdi

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida kutilmaganda poliklinikaga kirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatishni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytirish, poliklinikani ta’mirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ushbu oilaviy poliklinika “Asalobod”, “Ma’rifat”, “Shirinobod”, “Jo‘rabek”, “Yassaviy”, “Boysun” mahallalaridagi 27 ming 285 aholiga xizmat ko‘rsatmoqda, tez tibbiy yordam punkti kechayu kunduz ishlamoqda.

“Prezidentimiz poliklinika joylashgan mahalladagi odamlar bilan muloqot qildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют