» » Shavkat Mirziyoyev: Xalqimizni rozi qilish uchun tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Xalqimizni rozi qilish uchun tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish kerak


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 10-noyabrdagi farmoni asosida Buxoro shahar kasalxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, 255 o‘ringa ega.

Ushbu muassasa binosini jahon standartlariga mos ta’mirlash, bo‘limlarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar, asbob-uskunalar bilan ta’minlash, yangi qabulxona, reanimatsiya, kompyuter-tomografiya, operatsiya qilish xonalari qurish mo‘ljallanmoqda. Bu yerga yangi tez tibbiy yordam mashinalari olib kelinadi.

Tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirish xalqimizni rozi qilishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordam tizimini dunyo talablari darajasiga olib chiqish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash aholining ham, bugungi zamonning ham talabidir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident Respublika urologiya markazining Buxoro filialida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari loyihasi bilan tanishdi.

Rejaga ko‘ra mazkur muassasada endourologik operatsiyalar, masofaviy litotripsiya, ultratovush va rentgen tekshiruvi xonalari, urodinamik laboratoriya quriladi, zamonaviy tibbiy uskunalar olib kelinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (11-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют