» » Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasi qurilmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasi qurilmoqda


Buxoro viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasi qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Xalqimizni rozi qilish uchun tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish kerak

Institutda hozirgi kunda 1 ming 924 talaba, yetti yo‘nalish bo‘yicha 49 magistr, qirq ikki yo‘nalish bo‘yicha 277 klinik ordinator tahsil olmoqda.

Yuqori malakali shifokor kadrlarni tayyorlash zamonaviy moddiy-texnik baza va jahon andozalari darajasidagi binolarga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurti faoliyatiga bevosita bog‘liq.

Buxoro davlat tibbiyot instituti uchun 900 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, 200 o‘rinli tarkibiy-funksional bo‘limlardan tashkil topgan klinika qurilishi va ularning zamon talablariga mos jihozlanishi shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Sohada yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda dunyo tajribasidan foydalanish, xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 14:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют