» » Shavkat Mirziyoyev yangidan qurilgan Buxoro temiryo‘l vokzalini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev yangidan qurilgan Buxoro temiryo‘l vokzalini borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro temiryo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur vokzal O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 6-martdagi 2015—2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiyalari va yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi qaroriga asosan yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Vokzal ichida VIP va turli xizmatlar ko‘rsatish zallari, tibbiyot, ona va bola, dam olish xonalari, kutubxona, bufet, savdo shoxobchalari mavjud. Bino tashqarisida 4 yangi chiptaxona va favvora qurildi.

Maydoni 2,9 gektar bo‘lgan vokzal bir vaqtning o‘zida 500 dan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bir kecha-kunduzda 2 mingdan ortiq yo‘lovchini kutib olib, jo‘natish imkoniyatiga ega.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют