» » Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda 10 yil avval Islom Karimov nihol ekkan xiyobonga ko‘chat o‘tqazdi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda 10 yil avval Islom Karimov nihol ekkan xiyobonga ko‘chat o‘tqazdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan, 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga keldi, deya xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga kitob sovg‘a qildi, Berdimuhamedov esa O‘zbekiston Prezidentiga zotdor ot tuhfa etdi

Kunning birinchi yarmidagi rasmiy marosim va muzokaralardan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.

Bu xiyobonga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2007-yilda ko‘chat o‘tqazgan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat rahbari Turkmaniston birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov maqbarasiga gul qo‘ydi. “O‘tganlarning ruhi poklariga Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi davom etmoqda. “Turkman davlat xabarlari” agentligining yozishicha, 7-mart kuni prezidentlar Lebap viloyatidagi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklarining tantanali ochilish marosimida qatnashadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют