» » “Siti” mavsumdagi eng yirik g‘alabasiga erishdi. “Suonsi” esa xavfli zonadan chiqib oldi

“Siti” mavsumdagi eng yirik g‘alabasiga erishdi. “Suonsi” esa xavfli zonadan chiqib oldi


Angliya Premyer-ligasining yakuniga yetmagan 36-turidan keyin Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” klubi 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu yo‘lda “shaharliklar” London klubi darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. “Siti” bunga qadar 4 ta yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lib, shularning 2 tasida 3:0 va yana shunchasida 4:0 hisoblarini qayd etgandi.

Bir tur avval “Old Trafford”dan 1 ochko bilan qaytgan “Suonsi”, bu safar “Everton”ni taslim qilib, xavfli zonadan bir qadar uzoqlashdi.

Turning qahramon jamoasi “Sanderlend” deyish mumkin. Taqdirga tan berganiga qaramay, Devid Moyes jamoasi qolgan klublarning oyog‘idan tortishni kechiktirmadi va “Xall Siti”ni o‘z domiga tortib ketishning uddasidan chiqdi.

Angliya Premyer-ligasi
36-tur o‘yinlari
5-may, juma

Gol: Manuel Lansini, 65 (1:0).

6-may, shanba

Gollar: David Silva, 2 (1:0). Vensan Kompani, 49 (2:0). Kevin de Bryuyne, 59 (3:0). Rahim Sterling, 82 (4:0). Nikolas Otamendi, 90+3 (5:0).

Gollar: Sem Vouks, 56 (1:0). Salomon Rondon, 66 (1:1). Kreyg Douson, 78 (1:2). Sem Vouks, 86 (2:2).

Gollar: Lis Musse, 33-avt (0:1). Junior Stanislas, 62 (1:1). Mame Biram Diuf, 73 (1:2). Rayan Shoukross, 81-avt (2:2).

Gollar: Uilfred Ndidi, 38 (1:0). Riyod Mahrez, 58 (2:0). Mark Olbrayton, 90+3 (3:0).

Gollar: Billi Jons, 69 (0:1). Jermeyn Defo, 90+2 (0:2).

Gol: Fernando Lyorente, 29 (1:0).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют