» » “Real” va “Barselona” 4 tadan gol urdi. Messida 35 ta gol, Xames va Moratadan Zidanga “salom”

“Real” va “Barselona” 4 tadan gol urdi. Messida 35 ta gol, Xames va Moratadan Zidanga “salom”


Ispaniya La ligasining 36-turida ikki peshqadam yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

“Barselona” o‘z maydonida 4:1 hisobida zafar quchdi. Bunda Lionel Messi dubl qayd etib, mavsum davomida urgan gollari sonini 35 taga yetkazib oldi. Bu borada u 27 ta gol urgan jamoadoshi Suaresdan 8 taga o‘zib ketdi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushgandi. 20 ta gol bilan La liga to‘purarlari orasida uchinchi bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu 26 ta uchrashuv o‘tkazgan.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu turda ham Ronalduni ayashga qaror qildi va uni maydonga tushirmadi. Asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlashga urinayotgan Xames Rodriges hamda Alvaro Morata esa dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Real”ning asosiy hujumchisi Karim Benzema joriy mavsum 21 ta o‘yinda 9 ta gol urishga erishdi. Ko‘pincha zaxirada qoladigan Alvaro Morata esa 13 ta bellashuvda 15 ta gol urdi.

Ispaniya La ligasi
36-tur o‘yinlari
5-may, juma

Gollar: Pablo Sarabiya, 41 (1:0). Karlos Vela, 61 (1:1).
Chetlatish: David Surutusa, 79 (R).

6-may, shanba

Gol: Karlos Karmona, 67 (1:0).

Gol: Saul, 69 (1:0).
Chetlatish: Diyego Godin, 90+2 (A).

Gollar: Neymar, 21 (1:0). Sedrik Bakambyu, 32 (1:1). Lionel Messi, 45 (2:1). Luis Suares, 69 (3:1). Lionel Messi, 82-pen (4:1).

Gollar: Xames Rodriges, 3 (0:1). Xames Rodriges, 11 (0:2). Alvaro Morata, 30 (0:3). Alvaro Morata, 35 (0:4).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют