» » Somalida bin Ladenni yo‘q qilgan otryadga mansub askar o‘ldirildi

Somalida bin Ladenni yo‘q qilgan otryadga mansub askar o‘ldirildi


Somalida AQSh maxsus kuchlari jangchisi o‘ldirildi. U 2012-yili “al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Ladenni yo‘q qilgan SEAL Team 6 bo‘linmasi tarkibida ishlagan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Aprel oyida AQSh Somaliga ushbu mamlakat armiyasiga mashg‘ulotlar o‘tish va “ash-Shabob” radikal guruhiga qarshi kurashga tayyorlash uchun 40 nafar harbiy jo‘natgan edi. 1993-yildan buyon AQSh qo‘shinlari birinchi marta Somaliga joylashtirilishi.

Shuningdek, 1993-yildan beri birinchi marta amerikalik harbiy Somalida halok bo‘lishi. U — 38 yoshli Kayl Milliken.

Voqeaning tafsilotlari oshkor etilmayapti. U bo‘linma Somali harbiylari bilan birga “ash-Shabob” jangarilariga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazayotganida halok bo‘lgani ma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilar tomonidan Millikenning egnidan yechib olgani taxmin qilinayotgan AQSh harbiy formasining suratlari chop etildi.

3) #Shabaab posted images of spoils from op killed #US Navy SEAL.
1st US soldier killed in fighting in #Somalia since?BlackHawk Down in 1993 pic.twitter.com/OpA9S1w616

— Rita Katz (@Rita_Katz) May 6, 2017

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют