» » Foto va video: Parvoz davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan beshta tabiat hodisasi

Foto va video: Parvoz davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan beshta tabiat hodisasi


Bugungi kunda samolyotlar eng xavfsiz transport vositasi hisoblanadi, biroq, shunga qaramasdan, ular yuqori xavfli transport turiga kiradi. Havoda yerdagiga ko‘ra ko‘proq xavf mavjud, shunday bo‘lsa ham, ularning ko‘pchiligini oldindan aniqlash mumkin. Forum Daily nashri samolyotlar havoda duch kelishi mumkin bo‘lgan tabiat hodisalariga to‘xtaldi.

Yer doimiy harakatda bo‘ladi. Unda har doim havo oqimlari, yuqori yoki past bosimli joylar bo‘ladi. Odatiy sharoitda bu oqim nisbatan kuchsiz bo‘ladi, shuning uchun samolyot bemalol uchadi. Biroq parvoz vaqtida samolyot tez-tez turli oqimlarga tushib qoladi. Samolyot boshqa havo oqimiga tushgan hududlar turbulentlik hududi deb ataladi.

Turbulentlik turli joylarda yuz beradi. Masalan, iliq va sovuq havo oqimlari orasida yoki bulutlar chegarasida. Aksariyat holatlarda turbulentlik hududlarini oldindan aniqlash mumkin. Agar uchuvchilar kurs bo‘yicha katta bulut ko‘rsa, uni chetlab o‘tadi. U yerda odatda turbulentlik bo‘ladi. Samolyotdagi havo radarlari ham turbulentlik hududlarini aniqlashi mumkin. Biroq ochiq havoda ham turbulentlik yuz berishi mumkin. Bunday hodisani oldindan aniqlash juda qiyin.

Hodisa dengizchilarning katolik himoyachisi nomi bilan ataladi. Aviatsiyada muqaddas Elmo olovi shamol oynalari va samolyot korpusi ulashgan joyda, qanotlarning uchlarida momaqaldiroq frontiga yaqin joydan yoki uning ichidan uchib o‘tganda yuzaga keladi. Muqaddas Elmo olovi sutkaning ixtiyoriy vaqtida yuzaga kelishi mumkin, biroq u kunduzi ko‘zga tashlanmaydi, kechasi esa yaqqol ko‘rinadi.

Muqaddas Elmo olovi odatda xavfli emas. Samolyot metall korpusining ustki qismida yuzaga keladigan elektr toki doimiy ravishda atmosferaga tarqalib ketadi, samolyotga ham, yo‘lovchilarga ham zarar yetmaydi.

Momaqaldiroq ko‘plab havo oqimlarining bir-biriga to‘qnashishi va aralashishi natijasida yuzaga keladi. Turli bulut qatlamlari orasidagi oqim turbulentlikni keltirib chiqaradi va samolyot u yoqdan bu yoqqa tebrana boshlaydi.

Odatda bu holatda qo‘rqinchli hech narsa yo‘q. Chaqmoqlar samolyotga deyarli xavf tug‘dirmaydi. Ba’zan razryadning kirish va chiqish joylarida uchqunlar yuzaga kelishi mumkin, u ham bo‘lsa ulashgan joylarda yuz beradi.

Samolyotni chaqmoqdan qo‘shimcha himoya qilish uchun maxsus chaqmoq qaytaruvchi qurilma o‘rnatilgan. Dunyodagi har bir samolyot bir yilda bir necha marta chaqmoq razryadiga duch keladi, bunda xavfli biror narsa yuz bermaydi.

Samolyotlar parvozidagi eng katta xavf muzlab qolish hisoblanadi. Bulutli ob-havoda balandlikda samolyot yuzasida suv bug‘lari muzlab qolishi mumkin va samolyot yuzasida muz qatlami hosil bo‘ladi. Parvoz vaqtida bu qatlam qalinlashib, havo oqimlari ta’sirida turli ko‘rinishga kirishi mumkin.

Muz qatlami tufayli samolyot og‘irlashadi, biroq xavf bunda emas. Samolyot qanotida yuzaga kelgan muz havo oqimini kesishda to‘sqinlik qiladi.

Muz tufayli samolyot qanoti samolyot parvozi uchun yetarlicha ko‘tarilish kuchini hosil qila olmaydi. Bundan tashqari, muz qatlami qanotning harakatlanuvchi qismlarining harakatlanishidan to‘xtatib, samolyot boshqaruvining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Muzlash bulutli hududlarda va tez pasayish vaqtida yuz beradi.

Hozirgi vaqtda parvozdan oldin samolyot qanotlariga muzlashga qarshi maxsus suyuqlik bilan ishlov beriladi. Bundan tashqari, zamonaviy laynerlar muzlash haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimlar bilan jihozlanmoqda.

Turbulentlik, chaqmoq va muzlash qatorida radiatsiya ham bir qator xavfni yuzaga keltiradi. Bunda xavf samolyotga emas, yo‘lovchilarga nisbatan bo‘ladi. Gap shundaki, balandlikda radiatsiya Yerdagidan ko‘ra yuqori bo‘ladi. Odatda, har ikki kilometr balandlikda nurlanish darajasi ikki marta oshadi. Shuning uchun samolyotdagi uzoq parvoz to‘liq rentgen tekshiruviga tenglashtiriladi.

Shu bilan birga, katta yoshli kishilar uchun tez-tez parvoz qilish xavfli hisoblanmaydi. Bolalar va homilador ayollar uchun esa bu nisbatan xavfli hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют