» » Pokiston aviakompaniyasi uchuvchisi boshqaruvni stajyorga topshirib, uxlashga ketdi

Pokiston aviakompaniyasi uchuvchisi boshqaruvni stajyorga topshirib, uxlashga ketdi


Pakistan International Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi Islomobod—London reysi amalga oshirilayotgan vaqtda o‘z joyida ikkinchi uchuvchini qoldirib, uxlash uchun yo‘lovchilar saloniga o‘tdi. Qoldirilgan ikkinchi uchuvchi boshqaruvni o‘rganayotgan o‘quvchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa 26-aprel kuni samolyot bortida 305 nafar yo‘lovchi bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan. Shu kuni havo kemasiga uchuvchi Amir Axtar Hoshimiy javobgar bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi Ali Hasan Yazdoniy bo‘lgani, boshqaruvni o‘rganayotgan stajyor esa Muhammad Asad Ali ekani qayd etildi.

Axborotga ko‘ra, Hoshimiy boshqaruvni Aliga topshirib, mizg‘ib olish uchun yo‘lovchilar saloniga o‘tgan. Ikkinchi uchuvchi Yazdoniy kuzatuvchi joyini egallagan.

Ushbu voqea o‘z hisobotida odamlarning shikoyatlarini aytib o‘tgan styuardessa tufayli oshkor bo‘ldi. Styuardessaning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri “kema kapitani biznes-klassda uxlayotgan vaqtida o‘zini xavfsizlikda his qilmayotgani”ni aytgan.

Aviakompaniya vakili Hoshimiy voqea bo‘yicha tergov ishlari yakunlanguniga qadar parvozlardan chetlashtirilganini ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют