» » “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston delegatsiyasi 100 dan ortiq sportchi bilan ilk marta ishtirok etadi

“Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston delegatsiyasi 100 dan ortiq sportchi bilan ilk marta ishtirok etadi


12—22-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari” musobaqasiga mezbonlik qiladi.

Aholisining katta qismini islom diniga e’tiqod qiluvchi odamlar tashkil qiladigan mamlakatlar har to‘rt yilda bir marta Osiyo va Yevropa o‘yinlari formatini yodga soladigan alohida “Islom birdamlik o‘yinlari”ni o‘tkazishga kelishib oldi. U birinchi bor 2005-yil Saudiya Arabistonida o‘tkazilgandi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, ikkinchi festivalga Eron mezbonlik qilishi kerak edi. Biroq Eron va arab mamlakatlari o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuvi oqibatida musobaqa bekor qilindi.

Hisob bo‘yicha uchinchi festival esa 2013-yil Indoneziyaning Pekanbaru shahrida tashkil etilgan. 2017-yilga kelib “Islom birdamlik o‘yinlari”ga Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qiladi.

Musobaqa 20 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Shuningdek, uning dasturiga para-atletika hamda para-dzyudo turlari ham kiritilgan.

Ilk bor Yevropa qit’asida o‘tayotgan festivalda 57 davlatdan tashrif buyuradigan uch mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Boku xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish tajribasiga ega. Zero 2015-yil tarixdagi ilk Yevropa o‘yinlari ham aynan Kaspiy bo‘yida — Boku shahrida tashkil etilgandi, deb ma’lumot berdi MOQ matbuot xizmati. Ana shu nufuzli musobaqada orttirilgan tajriba ozarbayjonliklarga “Islom birdamlik o‘yinlari” davomida ham qo‘l kelishi mumkin.

Ozarbayjon musulmon davlatlarining o‘zaro spartakiadasi deya e’tirof etilayotgan musobaqa uchun birorta yangi obyekt qurmadi. Yevropa o‘yinlari uchun maxsus bunyod etilgan bir necha sport inshooti infratuzilmasi yanada mustahkamlanib, yangi turnir uchun hozirlab qo‘yildi.

“Islom birdamlik o‘yinlari” jami 16 ta sport inshootida bo‘lib o‘tadi: Olimpiya stadioni, Tofik Baxramov nomidagi stadion, Geydar Aliyev nomidagi sport arenasi, Gimnastika arenasi, Baku Crystal Hall sport saroyi, Suv sporti saroyi, “Bail Arena”, Boku tennis akademiyasi, “Dalga Arena”, “Serxedchi” sport saroyi va Suv polosi arenasi shular jumlasidandir.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Islom birdamlik o‘yinlari”da birinchi marta ishtirok etadi. Unda mamlakat sharafini 103 nafar sportchi 15 ta sport turida himoya qiladi: yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og‘ir atletika, boks, gandbol, o‘q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo.

O‘zbekiston delegatsiyasi safida Ivan Yefremov, Rustam Jangabayev, Doston Yoqubov (og‘ir atletika), Diyor O‘rozboyev, Gulnoza Matniyozova (dzyudo), Nigora Tursunqulova, Dmitriy Shokin, Nikita Rafalovich (taekvondo), Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika), Nadiya Dusanova (yengil yetletika), Bekzod Abdurahmonov, Magomed Ibragimov, Ixtiyor Navro‘zov (erkin kurash), Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi), Vadim Skorovarov (o‘q otish), Sabina Sharipova (tennis), Sadriddin Saymatov (karate), Aleksandr Svechnikov (para-atletika), Doniyer Saliyev (para-atletika) va Sevinch Salayeva (para–dzyudo) kabi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bor.

MOQ e’tirofiga ko‘ra, O‘zbekiston termasi “Islom birdamlik o‘yinlari”da ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, festivalning asosiy favoritlaridan biri sanaladi. Boisi, o‘zbekistonliklar Rioda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza — umumiy 13 ta medal bilan islom davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallagandi.

IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi 12-may kuni Bokudagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoaviy sport turlari esa 8-may sanasida start olgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют