» » Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje In bo‘ldi

Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje In bo‘ldi


Koreya Respublikasidagi prezident saylovlarida “Toburo” Demokratik partiyasidan nomzod Mun Chje In g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Milliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.

Mun Chje In saylovchilarning 41,1 foiz ovozini to‘pladi va shu tariqa mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Unga 13,4 million kishi ovoz berdi. Ommaboplik bo‘yicha ikkinchi nomzod Xon Chjun Pxyoni saylovchilarning 24,03 foizi (7,85 million kishi) qo‘llab-quvvatladi.

Yangi prezident rasman mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligini qabul qildi. Birinchi qadam sifatida bosh qo‘mondon Shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbarining KXDR bilan bog‘liq vaziyat haqidagi ma’ruzasini tingladi. U Koreya Respublikasi harbiylari jangovar shaylikni saqlab turgani va istalgan lahzada Shimoliy Koreyaning ehtimoliy provokatsion xatti-harakatlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют