» » AQSh kreyseri va Janubiy Koreya kemasi xalqaro suv hududida to‘qnashib ketdi

AQSh kreyseri va Janubiy Koreya kemasi xalqaro suv hududida to‘qnashib ketdi


Amerikaning Lake Champlain raketa kreyseri va Koreya Respublikasi baliq ovlovchi kemasi Yapon dengizining xalqaro suv hududida to‘qnashib ketdi. Bu haqda 9-may, seshanba kuni AQSh harbiy doiralari vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv Koreya yarimorolidan sharqdagi xalqaro suv hududida yuz bergan. Pentagon vakili hodisa aynan qanday vaziyatlarda yuz berganligiga aniqlik kiritmagan. Lake Champlain kreyseri bir necha hafta avval KXDR qirg‘oqlariga ko‘chirilgan Amerika aviatashuvchi zarba berish guruhining bir qismi hisoblanadi.

AQSh Harbiy-havo kuchlari yozma bayonotiga ko‘ra, hodisa oqibatida har ikkala tomondan hech kim jabrlanmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют