» » Pxenyan: Janubiy Koreyadagi AQSh fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar — urushning boshlanishi

Pxenyan: Janubiy Koreyadagi AQSh fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar — urushning boshlanishi


Vashingtonning shu yil iyunida Janubiy Koreyadagi Amerika fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish qarorini KXDR “urushning boshlanishi” deb hisoblaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Pxenyanning bunday reaksiyasi “Nodon sinmun” gazetasida Vashingtonning iyun oyida, ya’ni odatdagidan ikki oy avvalroq Janubiy Koreyada amerikalik fuqarolarni, shu jumladan, harbiy xizmatchilar oilalarini evakuatsiya qilish bo‘yicha harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish niyatiga javoban chop etildi.

“Pxenyanni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida e’lon qilingan” bunday qaror “AQSh har qanday lahzada urush boshlashga qodir ekanligi”ni bildiradi, — deyiladi maqolada. Shu munosabat bilan “Nodon sinmun” Vashingtonni “faqat Janubiy Koreyadagilar xavfsizligi haqida qayg‘urmasdan, AQShning qit’a qismidagi yuz millionlab amerikaliklarni qutqarish uchun choralar ko‘rishi kerakligi” haqida ogohlantirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют