» » Janubiy Koreya Xitoyning noroziliklariga qaramasdan, AQSh bilan Foal Eagle mashg‘ulotlarini davom ettiradi

Janubiy Koreya Xitoyning noroziliklariga qaramasdan, AQSh bilan Foal Eagle mashg‘ulotlarini davom ettiradi


Janubiy Koreya Respublikasi Xitoyning norozi ekanligiga qaramasdan, AQSh bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Bu haqda mamlakat milliy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Mun San Gyun Seuldagi brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Qo‘shma mashg‘ulotlar davom ettiriladi. Har yili o‘tkaziladigan mazkur tadbirlar faqat mudofaa maqsadlarini ko‘zlaydi”, — deb ta’kidladi harbiy.

1-martdan boshlab Janubiy Koreyada Foal Eagle yirik ko‘lamli mashg‘ulotlar boshlandi, 13-martdan esa Key Resolve shtab-qo‘mondonlik mashg‘ulotlari boshlanadi.

AQSh Foal Eagle’da ishtirok etish uchun Koreya yarimoroli hududiga strategik qurol-aslahalar, jumladan, Carl Vinson aviatashuvchisi va B-1B va B-52 bombardimonchi samolyotlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Xitoy hukumati Janubiy Koreya—Amerika harbiy mashg‘ulotlaridan jiddiy tashvishda ekanligini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют