» » Igor Dodon Moldovaning NATOga qo‘shilishini imkonsiz deb hisoblaydi

Igor Dodon Moldovaning NATOga qo‘shilishini imkonsiz deb hisoblaydi


Moldova prezidenti Igor Dodon Rossiya davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv chog‘ida mamlakat betaraflikni saqlashini va NATOga kirish g‘oyalariga qarshi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Barcha tashqi hamkorlarimizga aytib kelganmanki, hech qachon muzokaralar mavzusiga aylanmaydigan uch-to‘rt narsa bor. Bu bizning davlatchiligimiz, Moldovaning saqlab qolinishi, boshqa mamlakatlar bilan birlashmaslik. Ikkinchisi — betarafligimiz, NATOni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Uchinchi prinsipial jihat — pravoslav ekanligimiz. Bizga singdirmoqchi bo‘layotganlari Yevropa qadriyatlari bizga kerak emas. To‘rtinchisi esa — rossiyalik do‘stlarimiz bilan strategik hamkorligimiz”, — uning so‘zlarini keltiradi “RIA Novosti”.

Dodon ushbu prinsiplarni moldovaliklarning ko‘pchiligi yoqlashini ta’kidlab o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют