» » “Toshkent—Yerevan” charter yo‘nalishi

“Toshkent—Yerevan” charter yo‘nalishi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining “Havo-Sayyoh” MChJ sayyohlik kompaniyasi “Toshkent—Yerevan—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha charter aviareyslarini tashkil qilmoqda.

Uzoq yillardan buyon birinchi marta Toshkentdan go‘zal Armaniston poytaxti Yerevanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslari tashkil qilinmoqda. Yo‘lovchilarda iyun oyi uchun tasdiqlangan grafik bo‘yicha 2017-yilning 7-iyunidan boshlab har chorshanba kunlari parvoz qilish imkoniyati mavjud. Uchib ketish vaqti 16:30 (mahalliy vaqt bilan), uchib kelish vaqti esa — 19:05 (mahalliy vaqt bilan).

Ushbu reysning afzalligi shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lgani uchun, yo‘lovchilar boshqa samolyotga o‘tish, parvozni uzoq kutish kabi noqulayliklarga duch kelmaydilar.

Aviachipta narxi qo‘shni mamlakatlarning aeroportlaridan boshqa samolyotga o‘tish bilan amalga oshiriladigan parvozlar narxidan 20 foizga pastroq.

Qo‘shimcha ravishda yana shuni qayd etish mumkinki, Gruziyaga, xususan, Tbilisiga borishni istagan sayyohlar uchun katta afzallik shuki, ularning istagidagi manzil Yerevandan atigi 287 km uzoqlikda joylashgan.

Sayyohlar bizning charter reysimizda alohida qulaylik va shinamlikni his qiladi, chunki ularga xizmat ko‘rsatadigan kompaniya “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga qarashli. Ishonchlilik, qulaylik va xavfsizlik — biz uchun birinchi o‘rinda.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(71) 200 88 55
(71) 113 37 77

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют