» » O‘zbekistonda o‘tgan hafta davomida soliq qonunchiligini buzgan 3 925 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda o‘tgan hafta davomida soliq qonunchiligini buzgan 3 925 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi


Davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan “Ishonch telefonlari” orqali o‘tgan hafta davomida (26-apreldan 2-mayga qadar) jami 228 ta, shundan 17 ta yuridik va 211 ta jismoniy shaxsning murojaatlari qabul qilindi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati boshlig‘i Muzaffar Yusuf Nazarov ma’lum qildi.

Ushbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob “Terminal” apparatlari ishlatilmayotganligi, xarid cheki bermaslik holatlari qayd etilgan.

Jumladan, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasining “Ishonch telefonlari”ga viloyat hududidagi ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh)larida yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining sun’iy ravishda yetishmovchiligini yuzaga keltirish, yoqilg‘ilarni noqonuniy ravishda va nostandart idishlarda sotish, nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik, to‘lov terminali orqali hisob-kitob qilinganda ustama narx qo‘yib sotish hamda shoxobchada benzin mahsuloti bo‘lsa-da, sotishdan bosh tortish yoki rad qilish holatlari haqida murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro tumani Shergiron qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Qutisos” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli AYoQShda o‘tkazilgan tekshirishda haqiqatan ham AYoQSh operatori A.Muqumov tomonidan xaridorga 8,6 litr benzin mahsulotining har litrini 3300 so‘mdan 28 ming so‘mga, ya’ni har bir litr benzin narxiga 500 so‘mdan ustama narx qo‘yib sotilayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, u xaridorga shoxobchada o‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasining xarid chekini ham bermagan.

Shoxobchada o‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasining kunlik hisoboti bilan shoxobcha kassasidagi tushum solishtirilganda jami 3 million 165 ming so‘m kunlik naqd savdo pullari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi aniqlangan.

Nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik va tushumlarni bank kassalariga to‘liq topshirmaslik holatlari bo‘yicha bir hafta davomida (26-apreldan 2-mayga qadar) 180 dan ortiq tekshirish o‘tkazilib, ularning barchasida qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Xususan, tekshirishlarda savdo va pullik xizmat ko‘rsatish subyektlari tomonidan nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish, tushumlarni bank kassalariga topshirmasdan yashirish, to‘lov shaklidan kelib chiqib narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, hisob-kitob terminalidan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan.

O‘z navbatida, davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoidabuzarliklarni sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilgan.

Soliq nazorati natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida soliq qonunchiligini buzgan 3 925 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shu jumladan:

– binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 90 nafar;

– uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 347 nafar;

– daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 533 nafar;

– noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 136 nafar;

– avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 505 nafar fuqarolar;

– savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 935 nafar;

– soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 779 nafar;

– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan 196 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy jazoga tortilgan.

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют