» » Fotogalereya: Dunyodagi tashlandiq osmono‘par binolar

Fotogalereya: Dunyodagi tashlandiq osmono‘par binolar


Dunyoda yakka o‘zi qolgan, tashlandiq va hatto yarmi buzilgan osmono‘par binolar bor. Binolarning hozirgi keraksizligining sababi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning o‘z tarixi bor va u yerda bir vaqtlar hayot qaynaganini eslatib turadi. Fly to the sky nashri ana shu tashlandiq binolarning fotojamlanmasini taqdim etdi.

Bino 1930-yilda qurilgan va o‘sha vaqtda juda ulkan hisoblangan. U 1957-yilgacha Tennessi shtatidagi eng baland bino bo‘lgan. Dastlab binoda turli idoralar joylashgan. Vaqt o‘tishi bilan u ijarachilar orasida ommaboplikni yo‘qotgan. 1980-yillarga kelib bino butunlay bo‘shab qolgan va hozirgacha shunday qolmoqda.

1990-yilda Karakasda yangi moliyaviy markaz qurilishi boshlangan. Qurilish Devid Brillemburg tomonidan moliyalashtirilgan. Binoga “Devid minorasi” nomi ham berilgan. 1993-yilda Brillemburg vafot etgan, keyin esa bank inqirozi boshlangan. Venesuela hukumati loyihani o‘z nazorati ostiga olgan. Shundan buyon qurilish o‘zining so‘nggi bosqichida to‘xtab qolgan.

Uchburchak shaklidagi 25 qavatli osmono‘par bino o‘zi qurib bitkazilgan 1962-yilda Meksikadagi balandligi bo‘yicha ikkinchi bino bo‘lgan. Bino 1964-yilda ochilgan va, asosan, unda ma’muriy idoralar joylashgan. 1985-yildagi zilziladan so‘ng bino bo‘shab qolgan. Bir necha marta uni qayta ta’mirlashga urinishlar bo‘lgan, biroq shu vaqtgacha urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqqan.

45 qavatli osmono‘par bino 1968-yilda qurib bitkazilgan. Binoda turli idoralar joylashgan. Biroq ijarachilar binoda yuz bergan mog‘orlashdan shikoyat qila boshlagan. Oxir-oqibat, 2001-yilga kelib bino bo‘shab qolgan. 2011-ylda Plaza-Tauer auksionda sotilgan, biroq uning yangi egasi binoni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday ma’lumot bermagan.

1916-yilda Detroytda ofislar uchun mo‘ljallangan 13 qavatli bino qurilgan. 10 yildan so‘ng uning yonidan 38 qavatli osmono‘par bino qurilgan va butun kompleks shaharlik aka-uka Buklar sharafiga Buk-Tauer deb nomlangan. Bino bir necha o‘n yilliklar davomida shaharning muhim qismi hisoblangan. Moliyaviy inqiroz va Detroyt iqtisodiyotining pasayishi sababli firmalar va ofislar shahardan ketgan. So‘nggi ijarachi binoni 2009-yilda tark etgan. Shundan so‘ng bino yopilgan.

“Avram Linkoln” minorasi Rio-de-Janeyroda joylashgan 1960-yillardagi keng qamrovli rivojlantirish rejasining bir qismi hisoblangan ikki binoning biri hisoblanadi. Loyihada 76 ta aholi yashovchi bino qurilishi rejalashtirilgan, biroq faqat ikkitasi qurilgan. Qurilish 1969-yilda boshlangan, biroq 1972-yilda to‘xtatilgan va shundayligicha qolib ketgan. Biroq uning sherigi bo‘lgan “Sharl de Gol” minorasi qurib bitkazilgan.

Ro‘yxatdagi eng zamonaviy bino bo‘gan Fontenbloning balandligi 220 metr bo‘lib, 68 qavatdan iborat. Bino 2007-yilda qurilgan. Keyin esa inqiroz boshlangan va loyiha yopilgan. 2017-yilning aprel oyida binoning qayta ta’mirlanishi ma’lum qilindi, biroq osmono‘par binoga taalluqli kelajak rejalari mavhum.

Bayrutda joylashgan Burj al-Murr 34 qavatdan iborat bo‘lib, yer ostida yana yettita qavat joylashgan. Dastlab, bino ofis va savdo markazi uchun mo‘ljallangan, biroq qurilish 1975-yilda Livanda fuqarolik urushi boshlanishi bilan to‘xtab qolgan. Bugun bino bir necha o‘n yil avval shaharni qariyb yo‘q qilgan nizolarni eslatib turadi.

Bangkokdagi osmono‘par binoning qurilishi 1990-yilda iqtisodiy inqiroz vaqtida boshlangan, biroq mablag‘ yetishmasligi sababli to‘xtab qolgan. Bugungi kunda u “sharpa-bino” deb ataladi. Bino o‘tkir hissiyot ishqibozlarini, sharpa ovlovchilarni, vandallarni va daydilarni o‘ziga chorlaydi.

Pxenyandagi bu binoning qurilishi 1987-yilda boshlangan. Agar osmono‘par bino reja bo‘yicha 1992-yilda qurib bitirilganda edi, dunyodagi eng baland mehmonxona bo‘lardi. SSSRning qulashi Shimoliy koreya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan va loyiha muzlatilgan. 2008-yilda binoning qurilishi qayta boshlangan va unga oynali tashqi qism qo‘shilgan. Shu bilan qurilish yana to‘xtagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют