» » Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi

Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi


Dubayda 2020-yilgacha dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi. U 80 ta qavatdan iborat bo‘lib, ularning har biri markaziy o‘qqa nisbatan aylanib turadi. Bu haqda “Obozrevatel” nashri xabar berdi.

U o‘ziga xos mehmonxona bo‘lib, u yerda yashaydigan mehmonlar har bir qavatning harakat tezligi va yo‘nalishini oddiy ovozli buyruqlar bilan o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, binoning balandligi 420 metrni tashkil etadi, bu uni Dubayda balandligi bo‘yicha ikkinchi osmono‘par minoraga aylantiradi.

Imorat yaratuvchilarga 355 million dollarga tushadi, ulkan karuseldagi xonadonni esa 30 million dollarga sotib olish mumkin.

Aylanuvchi binoning avtonom tarzda quvvat olishini ta’minlash uchun, uni 79 ta shamol turbinalari va quyosh batareyalari bilan jihozlashadi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют