» » O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidentining 11-maydagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Farmon matni O‘zAda e’lon qilindi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, qo‘mitani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad — respublika o‘rmon resurslarining boy salohiyatidan to‘la-to‘kis va oqilona foydalanishni ta’minlash, o‘rmon xo‘jaligi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni yanada faol jalb etish va ekologik turizmni rivojlantirish.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Uning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Tuzilma raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardir:

o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;

o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy nazorat qilish;

o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmon barpo etish, ularni qayta tiklash, qo‘riqlash, muhofaza qilish, o‘rmonlardan oqilona va tejamli foydalanish;

respublikada o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish;

o‘rmon fondini, fauna va florasini o‘rganish hamda ularning qat’iy hisobini yuritish, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish;

o‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon qonunchiligi buzilishlaridan muhofaza qilish;

manzarali o‘simliklar ko‘chatlari va urug‘larini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishni tashkil etish;

o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish;

tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish va ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;

o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari tashkil etiladi.  Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklari bevosita O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga idoraviy bo‘ysunadi.

Bundan tashqari, Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Uning vazifalari Prezidentning joriy farmoni bilan belgilab beriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 22:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют