» » “Xudoga qattiq ishonaman”. Xonanda Tamila “Fotoshopda qilingan behayo suratlar”ini sobiq turmush o‘rtog‘i tarqatganini ma’lum qildi

“Xudoga qattiq ishonaman”. Xonanda Tamila “Fotoshopda qilingan behayo suratlar”ini sobiq turmush o‘rtog‘i tarqatganini ma’lum qildi


Ijodiy faoliyati bir muddat to‘xtab qolgan xonanda Tamila “Shok.uz” loyihasiga bergan intervyusida u ishtirok etgan behayo suratlar va videolarni kim tarqatganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq turmush o‘rtog‘i uning ijodiy faoliyatiga doim qarshi bo‘lgan. Jumladan, ular ajrashganidan keyin ham u Tamilaga tinchlik bermagan.

Ijodda tanaffus qilishimga shaxsiy hayotim sabab. Ijod qilishimga turmush o‘rtog‘im qarshi edi. U bilan ancha oldin ajrashganmiz, lekin meni haligacha tinch qo‘ymaydi. U men ijod bilan shug‘ullanmasligim uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi. Jumladan, tuhmat va mening ishtirokimda Fotoshopda qilingan behayo suratlar va videoni ham tarqatdi.

Men bo‘lib o‘tgan ishlardan g‘azabga tushdim. Ularni sud tibbiy ekspertizasiga topshirdim va bu suratlar hamda videoda men emasligimni isbotladim. Sud xodimlari menga tuhmat qilgan insonni sudga berishim mumkinligini aytishdi. Lekin men bunday qilmadim. U mening hayotimni barbod qilgan bo‘lsa ham, men uning hayotini buzishni istamadim. Sababi, men Xudoga qattiq ishonaman.

U inson hozirgacha meni tinch qo‘ymaydi. O‘tgan yillar ichida qanday do‘zahda yashaganimni siz tasavvur ham qilolmaysiz. Agar u meni tinch qo‘ymaydigan bo‘lsa, davlatdan yordam so‘rashimga to‘g‘ri keladi. Men shunchaki tinch yashashni istayman.

Tamila, xonanda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют