» » Germaniyada shubhali suhbatdan so‘ng samolyot yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi

Germaniyada shubhali suhbatdan so‘ng samolyot yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi


Germaniyadagi Kyoln/Bonn aeroportida Boeing-737 samolyotining 167 yo‘lovchisi shubhali suhbat sabab parvozga bir necha daqiqa qolganda evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Politsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, parvozga biroz vaqt qolganida ikki nafar yo‘lovchi samolyot bortini tark etgan va aviakompaniya xodimlariga “salonda eshitgan suhbatlari mazmunidan xavotirda” ekanliklarini bildirgan.

Ular eshitgan suhbatlaridan so‘ng o‘z joylariga qaytishdan bosh tortgan. Suhbat aynan nima haqida ketgani haqida xabar berilmadi.

Yuklar va yo‘lovchilarni tekshirish jarayonida shubhali hech nima topilmadi.

Samolyot Malyorkaga bir necha soatdan so‘ng uchib ketdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют