» » O‘zbekistonda 78 mingdan ziyod toponimik nomlar tahlildan o‘tkazildi

O‘zbekistonda 78 mingdan ziyod toponimik nomlar tahlildan o‘tkazildi


Toshkentda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi yuzasidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr”) rahbariyatining axboroti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2011-yilning 12-oktabrida kuchga kirgan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablarini bajarish maqsadida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimida Respublika toponimika xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muassasa tomonidan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish, geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini yaratish va yuritish, geografik obyektlarning nomlarini me’yorlashtirish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish singari ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2013—2016-yillarda Respublika toponimika xizmati tomonidan mamlakatda geografik obyektlarning nomlarini to‘plash, me’yorlashtirish va davlat reyestriga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda xizmat tomonidan geografik obyekt nomlarining monitoringi, ya’ni yangi obyektlar nomlarini hamda 2013—2016-yillarda to‘plangan geografik obyektlar nomlari bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zgarishlarni to‘plash, me’yorlashtirish va davlat reyestriga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini elektronlashtirish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasini yuritish ishlarida qo‘llanilmoqda.

Mamlakat miqyosida 78 ming 300 ga yaqin aholi punkti va ularning qismlari, tabiiy, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari nomlari tahlildan o‘tkazildi. Natijada 20 ming 360 shaxs nomlarida bo‘lgan, qonun hujjatlariga mos kelmagan va nomsiz geografik obyekt nomlari hududlardagi toponimik komissiyalar ishtirokida qayta nomlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют