» » Foto: Moskva metrosida elf tilida opera kuylashdi

Foto: Moskva metrosida elf tilida opera kuylashdi


13-mayga o‘tar kechasi Moskva metrosida “Uzuklar hukmdori” muallifi Jon Tolkinga bag‘ishlangan opera-oratoriyaning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

“Silmarillion. Tolkin xotirasi” nomli oratoriyaning taqdimotidan oldingi yopiq namoyishi “Delovoy sentr” stansiyasida o‘tkazildi. Ushbu namoyish Moskva metropolitenining 82 yilligiga bag‘ishlandi.

Oratoriyaning muallifi Mixail Kostilev bo‘lib, asar asosan Tolkin tomonidan o‘ylab topilgan elf tilida ijro etildi. Postanovkada Prezident simfonik orkestri, uch solist va stansiyadagi eskalatorlardan joy olgan yuzlab xorchi ishtirok etdi.

Operadan avvalroq Moskva metropolitenining “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi jamiyatida oratoriya taqdimoti uchun bir necha chipta o‘ynaldi.

Tadbir Moskva merining rasmiy saytida jonli namoyish etildi.

Postanovka qatnashchilari va tomoshabinlar ijtimoiy tarmoqlarga ushbu tadbirdan rasmlar va videolavhalar joylashtirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют