» » Moskvada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Moskvada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida Rajab oyining kirib kelgani va shu bilan bir qatorda butun Islom dunyosiga mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh xotiralariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Muslimaat.uz” muslimalar sahifasi xabar berdi.

Yig‘ilish joriy yilning 29-mart kuni Moskvaning  MRO “Risolat” qoshidagi “Ixlos” musulmon o‘qituvchilar markazida uyushtirildi. Unda O‘zbekistondan kelgan mehmonlar, poytaxt mehmonlari, markazda ta’lim oluvchi talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir chog‘ida shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning shogirdlari Rizqulbek Karimbekov ham so‘zga chiqib, o‘quvchilarni ilm olishga chorladi, bu yo‘lda o‘zlariga muhtaram Shayx Hazratlarini o‘rnak qilib olishlarini ta’kidladi.

Yig‘ilish doirasida shayx  Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning hayotlari va faoliyatlaridan tasvirli yozuvlar qo‘yildi. Shayx Hazratlarining  shogirdlari hamda maktab rahbari u kishini  iliq xotiralar bilan yod etdilar.

Musulmon o‘qituvchilar markazining talabalari, Shayx Hazratlarining vatandoshlari aka-uka Xurramovlar Hazrat tomonidan tarjima qilingan hadislarni o‘zbek tilida aytib, Vatan haqidagi she’rlar bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 10:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют