» » Katta makr yoki buyuk muhabbat bo‘lgan Ayol…

Katta makr yoki buyuk muhabbat bo‘lgan Ayol…


“Muslimaat.uz” sayti shayx O’iz al-Qorniyning ayollar haqidagi eng chiroyli iboralarini jamladi.

Shayx ayollar haqida, jumladan, shunday deydi:

“Ayol qahva kabidir, agar unga e’tibor bermay, beparvo bo‘lsangiz, muzlab, sovib qoladi, hattoki sizga bo‘lgan his-tuyg‘ularida ham.

Ayol agar yaxshi ko‘rgan kimsasi oldida jim bo‘lib qolsa, uning ichidagi aytolmay qolgan barcha so‘zlari ko‘z yoshi shaklida oqib keladi!

Ayol avvaliga sizga yaqinlashishdan qo‘rqadi, ammo oxirida esa siz undan uzoqlashsangiz, yig‘lay boshlaydi. Uni juda kamchilik tushuna oladi!

Ayol sizdan ortiqcha narsa talab qilmaydi, u faqatgina
sizdan o‘z singlingiz uchun siz orzu qilgan kuyov kabi bo‘lishingizni istaydi, xolos.

Agar o‘zingiz bilan e’tibor, parvarish xaltasini ko‘tarib
olmagan bo‘lsangiz, ayol kishining qalb eshigini taqillata ko‘rmang!

Ayol yo juda katta makrdir yoki buyuk muhabbatdir! Xohlaganingizni tanlab oling, ey erkaklar! Agar unga nisbatan makr ishlatsangiz, sizga ham makr bilan javob beradi. Agar uni yaxshi ko‘rsangiz, uning chinakam sohibiga aylanasiz!

Ayol o‘zi betob holida dardingizga darmon bo‘ladi, o‘zi hazin holida sizga tasalli beradi, charchagan holida kechalari uxlamay chiqadi, o‘zi tanimagan kimsa uchun ham xafa bo‘ladi, to‘yi kuni ham yig‘laydi…

Unga ozgina yumshoqlik bilan lutf qiling!

Ayol har qancha katta yoshda bo‘lmasin, u sizdan doimo farzandingizga qilgan muomalani kutadi.

Ayol qanchalik badjahl bo‘lmasin, u hech qachon mehr-shafqatdan xoli bo‘lmaydi.

Ayol otasiz farzand o‘stira oladi, ammo erkak kishi onasiz farzand o‘stira olmaydi.

Shuning uchun ham ayol muqaddasdir!”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-05-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют