» » 72 yoshida farzandli bo‘lgan hindistonlik ayol kech homilador bo‘lish oqibatlari haqida gapirib berdi

72 yoshida farzandli bo‘lgan hindistonlik ayol kech homilador bo‘lish oqibatlari haqida gapirib berdi


Birinchi marta 72 yoshida ona bo‘lgan hindistonlik ayol homiladorlikdan so‘ng paydo bo‘lgan salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib berdi, deb yozadi Daily Mail.

Amritsar shahrida istiqomat qiluvchi Daljinder Kaur ilk farzandini 2016-yil aprelida dunyoga keltirgan edi. O‘shandan buyon ayol yuqori qon bosimi, kuchsiz bo‘g‘imlardan azob chekadi va tez charchaydi. Shifokorlar unga dorilar yozib berdi va parhezga amal qilishni tayinladi.

O‘g‘li Armaan uch oylik bo‘lganida, ayol uni ko‘krak suti bilan boqishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, chunki suti kelmay qoldi. Chaqaloq juda ozg‘in bo‘lishiga qaramay, shifokorlar vaqt o‘tishi bilan u vazn yig‘ishiga umid qilmoqda. Ta’kidlanishicha, chaqaloq emaklashni o‘rgangan.

Ayol ikki yillik ekstrakorporal urug‘lantirish kursidan so‘ng homilador bo‘lishga erishdi. Bolaning biologik otasi uning 80 yoshli turmush o‘rtog‘i bo‘ldi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:14)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют