» » Fakt: Yapon bolalarini tarbiyalashdagi beshta sir

Fakt: Yapon bolalarini tarbiyalashdagi beshta sir


Yapon bolalari tarbiyali, odobli, oqko‘ngil va kamdan-kam hollarda o‘z hissiyotlari ustidan nazoratni yo‘qotadi. AdMe nashri ana shunday mustahkam tarbiyaning besh sirini taqdim etdi.

Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi: ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko‘tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko‘tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko‘plab eslatmalarni topish mumkin. Ona-bola aloqasi hissiy darajada aks etadi: ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g‘amxo‘rlik bilan qabul qiladi.

“Ikudzi” prinsipiga asosan (bola avval xudo, keyin xizmatkor), besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko‘plab xorijliklar o‘ylaganidek irodasizlik va bo‘ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi.

Bunday munosabat “amae”ning shakllanishiga hissa qo‘shadi. Bu so‘zning boshqa tillarda muqobili yo‘q. “Amae” — bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar asosi bo‘lib, bolalar to‘laligicha ota-onalariga va ularning mehriga suyanishi mumkin. Qariyalar esa katta yoshli bolalaridan xuddi shu narsani qabul qilib oladi.

“Ikudzi” tarbiya tizimiga asosan, bola besh yoshgacha — xudo, besh yoshdan 15 yoshgacha — xizmatkor, 15 yoshdan boshlab — teng hisoblanadi.

Aslida, “ikudzi” falsafasi inson manfaatlari ikkinchi darajaga tushadigan jamoaviy jamiyat a’zolarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Bu o‘ziga xos stress, yapon ota-onalar shunday sharoitlarda tizimda o‘z o‘rnini topadigan va o‘z qadrini yo‘qotmaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashga harakat qiladi.

Birinchi bosqichda (xudo) ular bolani cheksiz mehr va ko‘mak bilan o‘rab oladi. Ikkinchi bosqichda (xizmatkor) bu mehr hech qayerga ketmaydi, shunchaki bola jamiyat qoidalarini faol o‘rganadi va unda o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Bunda dastlabki yillarda shakllangan onaga kuchli bog‘lanish bolaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bola onasining jahlini chiqarmaslik uchun o‘zini to‘gri tutishga harakat qiladi.

Qiziq tomoni shundaki, yapon ta’lim muassasalarida nafaqat ta’limga, balki tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas.

Uchinchi bosqichda (teng) bola jamiyatning shakllangan a’zosi hisoblanadi. Uni tarbiyalashga kech bo‘ladi va ota-onalar o‘z urinishlari hosilini yig‘ib olishi kerak bo‘ladi.

Qoidaga ko‘ra, bola tarbiyasi bilan ona shug‘ullandi. Ular bolalar bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog‘chasiga berish  kerak emas, deb hisoblaydi. Asosiysi, bolani buvisiga berish yoki enaga yollash ma’qullanmaydi.

Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo‘ladi. Avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Oila — bu “amae” hukmronlik qiladigan va har doim qo‘llab-quvvatlaniladigan va g‘amxo‘rlik qilinadigan doira.

“Yaponiya. Uni qanday tushunish kerak” kitobi muallifi Ikeno Osamu qiziq bir tajriba haqida yozadi. Yapon onalari va yevropalik onalardan bolalari bilan birga piramida yig‘ish so‘ralgan. Yapon onalari dastlab o‘zlari yiqqan va keyin bolalardan takrorlashni so‘ragan. Agar bolalar biror narsani o‘xshata olmasa, ular ishni qayta boshlagan.

Yevropalik onalar esa boshqa taktikani tanlagan: ular bolalarga piramida qanday yig‘ilishini batafsil tushuntirgan. Keyin esa bolalarga ishni bajarishni taklif qilgan. Ko‘rinib turibdiki, yapon onalari “men kabi qil” tushunchasini bergan bo‘lsa, g‘arblik onalar faqat nazariyani tushuntirib, bolalarni hammasini o‘zi bajarishga majbur qilgan.

Shuning uchun yapon ta’limi va tarbiyasi “hijjalovchi” deb ataladi. Yapon onalar kamdan-kam hollarda bolalarni qilib ko‘rmagan ishini qilishga majburlaydi. Ular avval misol ko‘rsatib, bolada shu ishni qilishga xohish uyg‘otadi.

Bolaga jamoaviy jamiyatda yashashni o‘rgatishdan oldin atrofdagilar hissiyoti va manfaatini ko‘rish va hurmat qilish nima ekanligini tushuntirish kerak.

Shuning uchun yapon ayollari o‘z navbatida bolalarning  sezgirligini hurmat qiladi. Ular bolalarga ortiqcha bosim o‘tkazmaydi, uyaltirmaydi, balki bolakaylarning hissiyotlarini uyg‘otadi. Misol uchun, agar bola mashinani sindirib qo‘ysa, yapon ona “Mashinaning joni o‘g‘riyapti, u hozir yig‘laydi”, — deydi. Yevropalik ona esa “Bunday qilma, bu yaxshi emas. Mashinani sotib olish uchun qancha ishlash kerak”, — deydi.

Yaponlarning o‘zi ularning usullari yagona to‘g‘ri usul ekanligini tasdiqlamaydi. So‘nggi vaqtlarda g‘arb qadriyatlari ularning an’analariga katta ta‘sir ko‘rsatmoqda. Biroq yaponcha yondashuvning asosiy tamoyili bolalarga sokinlik, sabr va to‘liq mehr bilan yondashuv hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют