» » AQShning 28 yil mobaynida birorta reys amalga oshirmagan aviakompaniyasi parvozlar boshlanishini e’lon qildi

AQShning 28 yil mobaynida birorta reys amalga oshirmagan aviakompaniyasi parvozlar boshlanishini e’lon qildi


AQShning 28 yillik faoliyati mobaynida yo‘lovchilar bilan birorta reys amalga oshirmagan Baltia Airlines aviakompaniyasi yaqin orada Yevropaga parvozlar boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniyaning Business Wire saytida joylashtirilgan press-relizida ma’lum qilindi.

Mazkur press-relizda aviakompaniya bir necha Boeing-767-300 laynerini ijaraga olish va Nyu-Yorkdan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan Styuart xalqaro aeroportidan Yevropa shaharlariga yo‘lovchi, yuk va pochta tashishni rejalashtirayotgani bildirilgan.

Ehtimoliy yo‘nalishlar qatorida London, Parij, Barselona, Nitssa, Neapol, Afina, Varshava, Budapesht, Praga, Sankt-Peterburg va Tel-Aviv keltirilgan.

Baltia Airlines aviakompaniyasiga 1989-yili AQSh va sobiq Ittifoq o‘rtasidagi parvozlarni amalga oshirish uchun Rigada tug‘ilib-o‘sgan Igor Dmitrovskiy tomonidan asos solingan. Biroq aviakompaniya ixtiyorida samolyotlar bo‘lmagani sababli reyslar bajarilmadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют