» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” 2017-yil birinchi choragida yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2017-yil birinchi choragida yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirdi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2017-yil birinchi choragida yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirdi. Bu haqda, aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yanvar—martda “O‘zbekiston havo yo‘llari” 5211 reysni amalga oshirib, 563,1 ming yo‘lovchini tashidi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 204 ta reys yoki 27,5 ming yo‘lovchi ko‘p demakdir. Yo‘lovchilar o‘rindiqlari bandligi 75,01, tijoriy yuklama 54,69 foizni tashkil etdi.

Yuk tashish hajmi 24,3 foizga o‘sdi. Jami 11,1 ming tonna yuk, jumladan pulli qo‘l yuklari va pochta tashildi. Aviakompaniya yuk samolyotlari 274 (81 ta ko‘p) reysni amalga oshirib, 6900 tonna yuk (33,5 foiz ko‘p) tashidi. Navoiy aeroporti orqali 8900 tonna yuk tashildi (15 foizga ko‘p).

Uch oy davomida “O‘zbekiston havo yo‘llari” 75 ta yo‘lovchi, 27 ta yuk charter reyslarini amalga oshirdi.

Joriy yilda Lahor (Pokiston) va Dushanbega (Tojikiston) reyslar ochildi. Malaysia Airlines, Asiana Airlines, Azerbaijan Airlines, Singapore Airlines, Turkish Airlines, “Ukraina xalqaro avialiniyasi” bilan maxsus shartnomalar imzolandi.

Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi bilan Rail&Fly shartnomasi imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют