» » OAV: Yangi iPhone Apple kapitallashuvini 900 mlrd dollarga olib chiqadi

OAV: Yangi iPhone Apple kapitallashuvini 900 mlrd dollarga olib chiqadi


Apple aksiyalari rekord qiymatlarda sotilmoqda, biroq ular yangi iPhone’ga bo‘lgan talab tufayli o‘sishda davom etishini taxmin qilishga asos bor. Bu haqda Insider xabar bermoqda. 

Goldman Sachs tahlilchisi Simona Yankovski aksiyalar narxi bo‘yicha prognozni 164 dollardan 170 dollargacha oshirdi, bu esa kompaniyaga salkam 900 milliard dollar hajmidagi bozor kapitallashuvini taqdim etadi. Oldinroq Apple 800 milliard dollar ko‘rsatkichiga erishgan dunyodagi ilk kompaniya bo‘lgandi. 

Yangi, 5,8 dyuymli iPhone qator qo‘shimcha afzalliklarga, jumladan, smartfon oldi yuzasini butkul egallagan OLED-displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, yangi smartfon katta hajmdagi xotira va o‘ta kuchli akkumulyator bilan jihozlanadi. Shu sababli iPhone X chakana narxi hatto 1000 dollardan ham oshishi mumkin. 

Ekspertlarga ko‘ra, sentabr oyiga mo‘ljallangan taqdimotdan keyingi dastlabki choraklarda smartfonlar sotuvida yangi iPhone ulushi 58 foizni tashkil etadi. Katta ekranli telefonlarga talabning oshib borayotgani shundan dalolat bermoqda. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют