» » Nigeriyada masjidga hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada masjidga hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi


Noma’lum qurolli kimsalar Nigeriyaning markaziy qismidagi masjidga o‘t ochishi oqibatida 20 fermer halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib, AFP xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa 13-may, shanba kuni mamlakatning markaziy qismidagi Etogi qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujum ortida fulani xalqi vakillari turgan bo‘lishi mumkin.

“Qurolli kimsalar tonggi ibodat vaqtida dindorlarga o‘t ochishdi”, — dedi Niger shtati politsiyasi vakili.

Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi fulanilar va qishloqlarda yashovchi mahalliy aholi o‘rtasida mojarolar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Bunday mojarolar tufayli so‘nggi bir necha yilda minglab odamlar halok bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют