» » Toshkentlik ayol “Samarqand Darvoza” savdo markazida bomba o‘rnatilgani haqida yolg‘on axborot berdi

Toshkentlik ayol “Samarqand Darvoza” savdo markazida bomba o‘rnatilgani haqida yolg‘on axborot berdi


14-may kuni poytaxtning Shayxontohur tumani IIBga “Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazida portlovchi modda tashlab ketilgani haqida axborot kelib tushdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Aytilishicha, ilgariroq o‘g‘rilikda gumon qilingan ayol 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, markaz binosining uchinchi qavatida ikki hijobli ayolning suhbatini eshitganini hamda ular mazkur suhbat davomida savdo markazida bomba o‘rnatilganini aytganini xabar qilgan.

Shundan so‘ng tuman IIB xodimlari IIV va shahar IIBB xodimlari, shuningdek, maxsus bo‘linma otryadi bilan birga voqea joyiga yetib kelgan.

Qisqa muddatda “Samarqand Darvoza”ning barcha tashrifchilari va ishchilari evakuatsiya qilingan. Sinchiklab o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida hech qanday portlovchi uskuna topilmagan.

Ichki ishlar organlariga yolg‘on axborot bergan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Bu kabi voqea ilgari ham kuzatilgan edi. Jumladan, 2017-yil 21-mart kuni o‘zini Murodova Oygul deb tanishtirgan shaxs 102 raqamiga yashirin raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, “Samarqand darvoza” savdo majmuasida qora kiyimda bo‘lgan notanish shaxslar supermarketga bomba qo‘yish kerakligi haqida gaplashayotganini xabar bergan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-05-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют