» » NASA Marsga parvoz qilishi ko‘zlangan kema uchirilishini rasman qoldirdi

NASA Marsga parvoz qilishi ko‘zlangan kema uchirilishini rasman qoldirdi


2019-yili Oyga, keyinroq esa Marsga parvoz qilishi kutilgan Orion kemasining rasmiy uchirilishi loyihaning qimmatligi hamda ishlab chiqarish jarayonidagi kutilmagan qiyinchiliklar tufayli ortga surildi. Bu haqda, NASA matbuot xizmatiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ilgariroq SLS og‘ir tashuvchi raketasi yangi kosmik kemani Oy atrofidagi parvozga 2018-yil sentabrida olib chiqishi kutilgan edi. NASA kapsula bortida ekipaj bo‘lishini ham istisno qilmagan edi. Ammo aprel oyining o‘rtasida NASAning bosh inspektori Pol Martin moliyaviy va texnik muammolar tufayli mazkur safar amalga oshmay qolishi mumkinligini bildirgan edi. Endilikda ushbu axborot rasman tasdiqlandi.

Orion ko‘p martalik kosmik kemasi 2011-yili “Shattl” dasturi yopilganidan so‘ng AQShning fazoga qaytishi uchun asosiy qurol sifatida ishlab chiqilmoqda. Orion oldida turgan asosiy vazifa amerikalik astronavtlarning Oyga yangi safariga xizmat qilish, shuningdek, istiqbolda Marsga parvoz qilishdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют