» » SpaceX ilk bor NASA’ning kosmik markazidan parvozni amalga oshirdi. Bu yerdan “Apollon” kemalari va kosmik shattllar uchgan

SpaceX ilk bor NASA’ning kosmik markazidan parvozni amalga oshirdi. Bu yerdan “Apollon” kemalari va kosmik shattllar uchgan


SpaceX kompaniyasi 19-fevral kuni Dragon yuk kemasi bilan birga bo‘lgan Falcon 9 raketa-tashuvchisining parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bir kun avval texnik nosozliklar sabab bu parvoz qoldirilgan edi, deya xabar bermoqda Meduza.

Raketa-tashuvchi Kanaveral burnidagi qo‘nish majmuasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. Xalqaro kosmik stansiyaga 2,5 tonna yuk va superbakteriyani olib ketayotgan Dragon kemasi esa Yer orbitasiga chiqqan.

SpaceX ilk bor NASA’ga tegishli, Floridada joylashgan Kennedi nomidagi kosmik markazning LC-39A start maydonchasidan parvozni amalga oshirdi. Bu yerda avvallari Oyga uchish bo‘yicha “Apollon” dasturi kemalari, shuningdek, kosmik-shatllar parvoz qilgan.

SpaceX LC-39A maydonchasini 2014 yili NASA’dan 20 yilga ijaraga olgan edi.

1 hour from launch of Falcon 9 & Dragon to @Space_Station. Rocket & weather are go. Launch at 10:01am ET, 15:01 UTC pic.twitter.com/9U3kiikA2H

— SpaceX (@SpaceX) February 18, 2017

Historic launch by @SpaceX from LC-39A at @NASAKennedy! #Falcon9 bringing cargo to ISS. #CRS10 pic.twitter.com/do1WksB2X9

— FORWARD Florida (@ForwardFla) February 19, 2017

pic.twitter.com/6Ve3YJoStm

— Elon Musk (@elonmusk) February 19, 2017

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют