» » Washington Post tasodifan Pentagon rahbarining telefon raqamini e’lon qildi

Washington Post tasodifan Pentagon rahbarining telefon raqamini e’lon qildi


Washington Post gazetasi tasodifan Pentagon rahbari Jeyms Mettisning telefon raqamini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, telefon raqami AQSh prezidenti Donald Trampning tansoqchisi Kit Shiller haqidagi maqola suratida aks etgan.

Maqola chiqqach, gazeta tahririyatiga mushtariylardan biri qo‘ng‘iroq qilib, suratlarda Kit Shiller qo‘lida bir qancha hujjatlarni tutib turganini aytgan. Qog‘ozlardan biriga xatcha biriktirilgan, unda Mettisning telefon raqami va ismini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Gazeta xodimlaridan biri ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilib, avtomatik javobni eshitdi. “Bu o‘sha (Mettis) edi”, — deb yozdi nashr jurnalisti.

Gazeta fotosurat olib tashlanganini ma’lum qildi. “AQShdagi mushtariyimiz telefon raqamni ruslardan oldinroq ko‘rib qolgani uchun shukur qilishimiz kerak”, — deyiladi maqolada.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют