» » Yadroviy portlashdan keyingi birinchi soatda qanday jon saqlash kerak?

Yadroviy portlashdan keyingi birinchi soatda qanday jon saqlash kerak?


Olimlar va ekspertlar yadro xavfi yuzaga kelgan taqdirda qanday harakat qilish kerakligini daqiqama-daqiqa tushuntirib berdi, deb yozadi Insider Pro. Ushbu harakat rejasi qachondir sizning hayotingizni saqlab qolishi mumkin.

Dunyoning yirik shaharlaridan birida quvvati 10 kilotonna bo‘lgan yadro bombasi portladi, deylik, undan keyin nima bo‘ladi va sizda omon qolish imkoniyati bormi?

Agar siz hamon tirik bo‘lsangiz, demak bomba sizdan kamida bir yarim kilometr uzoqlikda portlagan — bunday bomba butun shaharni yer yuzidan yo‘q qilib yubora olmaydi, faqat epitsentrgina vayron bo‘ladi.

Bu vaqtgacha portlash joyi yaqinida bo‘lgan 75—100 ming kishi allaqachon halok bo‘ladi. Ushbu radiusdagi binolarning ko‘pchiligi buziladi va hatto bir-ikki kilometr uzoqlikdan vayrongarchiliklar ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, olovli shar vayron bo‘lgan binolarning changi bilan birga atmosferaga 8 kilometrgacha balandlikka ko‘tarilganida, 1,5 dan 5 kilometrgacha radiusda bo‘lgan hudud “yengil talafot” ko‘radi.

Bekining! O‘zingizga boshpana topishingiz uchun sizda 10—15 daqiqa bor, chunki bu vaqt o‘tgach, sizni havoga ko‘tarilgan chang va axlatlar, shuningdek, qum zarrasi kattaligigacha maydalanib ketgan radioaktiv zarralar qoplab oladi.

Radiatsiyadan zaharlanish — hazil emas. Nurlanish dozasi katta bo‘lsa, siz shu zahoti halok bo‘lasiz. Ancha mo‘tadil radiatsiya zaharlanishi terida po‘rsildoqlar paydo bo‘lishi, ilik, o‘pka va oshqozon-ichak yo‘lining jiddiy shikastlanishiga, shuningdek, leykemiya kabi turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Olimlar mashinaga bekinmaslikka chaqiradi: gamma-nurlanish shisha yoki yupqa materialdan osonlik bilan o‘tadi. Yadro yog‘inlaridan qalin beton yoki g‘isht qatlam orqali himoyalanish kerak. Ular tomlarda to‘planadi, shu tufayli binolarning eng yuqori qavatlari to‘g‘ri kelmaydi. Yana ofis binolarining markaziy xonalari, beton yer osti avtomobil turargohlari yoki metroga bekinish mumkin.

Siz eng yaqindagi muvofiq binoga qarab yuguryapsiz, ammo qayt qilishni boshladingiz — bu yadroviy zaharlanish belgisi. Sizga tibbiy yordam kerak. Tezkor chora sifatida Berlin lazurini qabul qilish kerak — u radioaktiv nuklidlar oshqozon-ichak yo‘liga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Ammo Berlin lazuri shunchalik kam miqdorda yetkaziladiki, u baribir hammaga yetmaydi. Shu tariqa, qilish mumkin bo‘lgan yagona narsa — boshpana topish va tanaga o‘tirib qolgan radioaktiv zarralarni olib tashlashga urinish. Buning uchun kiyimlaringizni yechib tashlang, sochlaringizni tozalang. Suv topishga harakat qiling va ehtiyotkorlik bilan yuvining. Agar siz badaningizni juda qattiq ishqalasangiz, teri qatlamiga zarar yetadi va zarrachalar qonga tushadi.

Endi siz birorta uyga yoki bunkerga bekinib oldingiz, buyog‘iga faqat kutish kerak. Xayriyat, yadro bombasi portlagan vaqtda har tomonga sachragan radioaktiv zarrachalar  tez parchalanadi. Birinchi soatda ular o‘z energiyasining deyarli yarmini, 24 soat ichida esa 80 foizga yaqinini yo‘qotadi.

Aytaylik, omadingiz keldi: siz unchalik davomiy bo‘lmagan vaqt ichida radioaktiv yog‘inlarga duch keldingiz va darhol boshpanaga kirdingiz, demak hayotingiz xavf ostida emas. Qachondir uyingizga qaytib, buyumlaringizni olib kelishingiz ham mumkindir, ammo bunga umid qilish kerak emas. Qanchadir vaqt davomida shaharda yuqori radiatsiya saqlanib turadi, shunday ekan xavf o‘tib ketguniga qadar kutishga to‘g‘ri keladi. Ammo bir kuni hayot yana o‘z oqimiga tushadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют