» » Xakerlar o‘g‘irlagan film “Karib dengizi qaroqchilari”ning yangi qismi bo‘lib chiqdi

Xakerlar o‘g‘irlagan film “Karib dengizi qaroqchilari”ning yangi qismi bo‘lib chiqdi


Xakerlar qo‘lga kiritgan Walt Disney kompaniyasining filmi “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining may oxirida ekranlarga chiqadigan yangi qismi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Gollivud yangiliklarini yozishga ixtisoslashgan Deadline nashri xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar kompaniyadan bitkoinlarda katta summani o‘tkazishni talab qilgan va kompaniya bosh tortgan taqdirda dastlab besh daqiqalik parchani, keyinroq esa 20 daqiqalik qismini namoyish etishini ma’lum qilgan. Ular talab qilayotgan summa oshkor qilinmadi. Ayni vaqtda kinokompaniya FQB bilan hamkorlik qilmoqda va jinoyatchilarga pul o‘tkazib berishni o‘ylamayapti.

“Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi” filmi Amerika kinoprokatiga 26-mayda chiqadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют