» » Peugeot tasodifan yangilangan xot-xetch suratini e’lon qildi

Peugeot tasodifan yangilangan xot-xetch suratini e’lon qildi


Motor 1 nashri yangilangan Peugeot 308 GTi xot-xetchi suratini e’lon qildi, u go‘yoki markazning Ispaniyadagi vakolatxonasi tomonidan tasodifan Twitter’ga joylangan. Ko‘p o‘tmay, ushbu rasm olib tashlandi, deb yozadi “Motor”.

Yakka-yu yagona rasmga qaraganda, 308 GTi hozirgi versiyadan radiator panjarasining biroz o‘zgarganligi va to‘sgich (obves)dagi ba’zi o‘zgarishlar (boshqacha shakldagi havo tortgich va yangi panjaralar) bilan farqlanadi.

Yangilangan xot-xetchning texnik xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. 2015-yilda taqdim etilgan 308 GTi 1,6 litrli 250—270 ot kuchiga teng to‘rttalik turbo motor va olti pog‘onali mexanik uzatish qutisi bilan jihozlangan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют