» » Tovuq to‘shi uchun eng yaxshi marinadlar

Tovuq to‘shi uchun eng yaxshi marinadlar


Maqolada tovuq to‘shini marinadlashning eng yaxshi usullari bilan tanishasiz. Hamma masalliqlar 1 kg tovuq go‘shtiga mo‘ljallangan.

 

1 dona piyoz, 3 ta sarimsoq donasi, 30 ml limon sharbati, ezilgan qizil qalampir va tuz – ta’bga ko‘ra. Piyoz va sarimsoq mayda qilib to‘g‘raladi, hamma masalliqlar aralashtiriladi, tayyor bo‘lgan qayla tovuq bo‘lagi ustidan quyiladi va 4—6 soat salqin joyda saqlanadi.

Yarimta limon sharbati, 5 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 choy qoshiq sarimsoq kukuni, quruq italyan o‘tlari, murch va tuz – ta’bga ko‘ra. Hamma masalliqlar aralashtiriladi va tovuq ustidan quyiladi, 30 daqiqa davomida marinadlanadi.

200 ml soyali ziravor, 150 g asal, 200 ml pivo, 2 ta sarimsoq donasi, 1 dona qizil qalampir, rozmarin shoxchasi. Qalampir va sarimsoq maydalanadi, hamma masalliqlar aralashtiriladi, aralashma tovuq ustidan quyiladi va kechqurun sovutgichda saqlanadi.

2 dona piyoz, 4 osh qoshiq zaytun yog‘i, 2 dona maydalangan lavr yaprog‘i, tuz, paprika, chili qalampiri — ta’bga ko‘ra. Piyoz mayda qilib to‘g‘raladi, yog‘ va ziravorlar qo‘shiladi, tayyor bo‘lgan marinad tovuq ustidan quyiladi va 5—6 soat salqin joyda saqlanadi.

1 dona greypfrut sharbati, 1 bosh piyoz, 2 ta sarimsoq donasi, 2 osh qoshiq asal, 2 osh qoshiq vino sirkasi, 200 ml suv. Piyoz va sarimsoq mayda qilib to‘g‘raladi, hamma masalliqlar aralashtiriladi, tovuq ustidan quyiladi va 4 soat saqlanadi.

400 ml qizil vino, 8 osh qoshiq zaytun yog‘i, rozmarin shoxchasi, tuz, murch, timyan — ta’bga ko‘ra. Vino va yog‘ aralashtiriladi, ziravorlar qo‘shiladi, tovuq ustidan quyiladi va xona haroratida yarim soat saqlanadi.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют