» » Dunyoning eng boy odamlari Tramp ma’muriyati atrofidagi mojarolar tufayli 35 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy odamlari Tramp ma’muriyati atrofidagi mojarolar tufayli 35 mlrd dollar yo‘qotdi


17-may, chorshanba kuni Amerika prezidenti Donald Tramp ma’muriyati atrofidagi mojarolar tufayli AQSh va boshqa qator mamlakatlar fond bozorlarida yuz bergan qulashlar oqibatida dunyoning 500 nafar eng boy odamlarining jami davlati qariyb 35 milliard dollarga kamayib ketdi, deb yozadi “TASS”.

Sayyoradagi eng badavlat odam — Bill Geyts o‘z kompaniyasi Microsoft aksiyalari 2 foizdan ortiqqa arzonlashgani tufayli, taxminan 1 milliard dollardan ajraldi. Bloomberg’ning so‘nggi hisob-kitoblariga qaraganda, Geytsning hisobida 86,6 milliard dollar qoldi.

Amerikalik tadbirkor, Amazon kompaniyasi rahbari Jeffri Bezos 1,7 milliard dollarga kambag‘allashdi: Amazon qimmatbaho qog‘ozlari 2,2 foizga arzonlashdi.

Zara savdo belgisi asoschisi Amansio Ortega 355 million dollar yo‘qotdi — uning boyligi 83,2 milliardga tushib qoldi. Shunga qaramay, Ortega Bezosni ortda qoldirib, sayyoraning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Facebook asoschilaridan biri Mark Sukerberg 2 milliard dollaridan ajraldi. Kompaniya aksiyalari narxi 3,3 foizga pasaydi, Sukerbergning davlati esa 62,3 milliard dollargacha kamaydi.

Bloomberg ta’kidlashicha, fond bozorlaridagi keskin pasayishlarga Vashingtondagi siyosiy mojarolar Amerika iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi borasidagi xavfsirashlar sababchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida maxfiy ma’lumotni oshkor qilgani xabar berilgan edi. ABC News kanalining anonim manbalariga ko‘ra, gap IShID jangarilarining AQShga yo‘l olayotgan samolyotni portlatish rejalari haqida borgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют