» » Xitoy “Qora tornado” yengil jangovar vertolyotini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Xitoy “Qora tornado” yengil jangovar vertolyotini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi


Xitoy aviasozlik korporatsiyasi (AVIC) “Qora tornado” nomini olgan Z-19E yengil jangovar vertolyotini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda 18-may, payshanba kuni “Jenmin jibao” gazetasi ma’lum qildi.

Z-19E ning parvozi tongda Xarbin aerodromlaridan birida amalga oshirildi.

Yangi vertolyot Z-9 ning zamonaviylashtirilgan modifikatsiyasi hisoblanadi. Z-9 esa, o‘z navbatida, Fransiyaning Aerospatiale Dauphin vertolyotining litsenzion nusxasi edi.

Z-19E ning parvozdagi vazni 4,25 tonnani tashkil etadi, uning kabinasi ikki nafar uchuvchi uchun mo‘ljallangan.

Yangi vertolyot jang maydonida yengil va og‘ir bronetexnikani nishonga olish, dushman olovli nuqtalarini bostirish, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, pastda uchuvchi nishonlarni to‘xtatib qolish uchun mo‘ljallangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют