» » Fotogalereya: Dunyoda kam uchraydigan ekzotik mevalar

Fotogalereya: Dunyoda kam uchraydigan ekzotik mevalar


Endilikda banan, apelsin va kivilar bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Chunki ularni butun yil davomida istalgan dasturxon ustida ko‘rish mumkin.

Biroq dunyoda ta’mi va hidi ajoyib bo‘lgan boshqa mevalar ham talaygina. AdMe ana shunday kamyob mevalar suratlari to‘plamini taqdim etdi.

Durianning asosiy xususiyati — dahshatli hidi bo‘lishiga qaramay, ajoyib ta’mga ega ekanligi. Hidi huddi chirigan piyoz, pishloq va skipidarning aralashmasini eslatadi. Shu sababli ushbu mevani jamoat transporti va mehmonxonalarga olib kirish taqiqlanadi.

Mevasining mazasi banan, mango, ananas, muzqaymoq va qulupnay aralashmasiniki kabi. Uning yana bir xususiyati — alkogol mahsulotlariga aralashtirib bo‘lmaydi. Qon bosimini oshirib yuboradi.

Ushbu mevaning ta’mi muzqaymoqni eslatadi. Shuningdek, ananas, mango, papaya, shaftoli va qulupnay ta’mini ham berishi mumkin. Meva og‘izda qaymoq yoki mayin krem kabi erib ketadi. U tana haroratini tushirish va dizenteriyani davolashi bilan mashhur. Yagona salbiy tomoni — urug‘lari zaharli.

Jekfrut daraxtining mevasi eng katta hisoblanib, og‘irligi 35 kilogramm, uzunligi esa 90 santimetrga yetadi. Hidi va ta’mi banan, ananas va mango aralashmasi yoki mevali saqichniki kabi. Jekfrut qovurilganda uning urug‘lari shokolad hidini beradi.

Jabotikaba uzum ta’mini beradi. Ushbu mevadan jele, marmelad, vino va likyor tayyorlanadi. Mevaning quritilgan po‘stlog‘i Braziliyada astmaga, diareyaga va dizenteriyaga qarshi qo‘llaniladi.

Tamarillo pomidor, baqlajon va Chili qalampirining yaqin qarindoshi bo‘lishiga qaramay meva hisoblanadi. Tamarillo’ning ta’mi pomirniki kabi nordon-shirin. Uni desert o‘rnida ham garnir o‘rnida ham ishlatsa bo‘ladi.

Ushbu mevaning asosiy xususiyati po‘stlog‘i binafsha kabi hid tarqatishida. Mevasini deyarli iste’mol qilib bo‘lmaydi. Ta’mi huddi limon po‘stlog‘iniki kabi. Mevaning sariq “barmoqlardan” baliqli taomlar va salatlar tayyorlashda foydalaniladi.

Uning po‘stlog‘i huddi ilon terisi kabi bo‘lgani uchun shunday nom berilgan. Mevaning hidi xushbo‘y bo‘libgina qolmay ta’mi ham o‘ziga xos. Mevani po‘stlog‘idan tozalashda juda ehtiyot bo‘linmasa, qo‘llarga tikoni kirishi mumkin.

Ko‘rinishidan baliq uvildirig‘ini eslatgani uchun uning ikkinchi nomi — laymli uvildiriq. Kichkina meva piyozlari ichida sharbat mavjud, uning ta’mi oddiy laymniki kabi.

Kakaoning yaqin qarindoshi. Ko‘pincha an’anaviy kakao o‘rnida ishlatilib turiladi. Shokoladning ajoyib muqobili bo‘lishiga qaramay, ta’mi murakkab.

Uni ko‘pincha lichi o‘simligining kichkina ukasi deya atashadi. Longan mazali, suvli va juda xushbo‘y. Mevasi tarkibida shakar, C vitamin, kalsiy, temir va fosfor, shuningdek, teriga foydali biokislotalari ko‘p uchraydi.

Akebiyaning mevalarini desert o‘rnida iste’mol qilishadi, po‘stlog‘ini esa go‘sht bilan birga qiymaga aralashtirishadi. Xushbo‘y hidga ega va ta’mi malinaniki kabi. O‘simlikka yaqinroq borilsa, shokoladning yengil hidini sezish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют