» » Dunyodagi eng tez harakatlanadigan 5 ta elektrokar (foto)

Dunyodagi eng tez harakatlanadigan 5 ta elektrokar (foto)


Tesla kompaniyasi elektrokarlar ham katta tezlikka erisha olishini isbotladi, deb xabar beradi Insider Pro.

Ilon Maskning kompaniyasi fevral oyida batareya quvvati 100 kilovatt/soat bo‘lgan, 100 kilometr tezlikka 2,3 soniyada erisha oladigan, Porsche 911 Turbo S’dan ham tezroq harakatlana oladigan Model S’ni ishlab chiqargan edi.

Biroq Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya emas. E’tiboringizga dunyodagi eng tezyurar beshta elektromobilni taqdim etamiz.

1. Xitoyning Nio EP9 elektrokari: 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi 312 kilometr/soatga teng.

Nio EP9 tezlik bo‘yicha ikkita rekordni yangilagan. May oyining boshida u Nyurburgringdagi Nordschleife trassasida 6 daqiqa 45,9 soniya bilan rekord o‘rnatgan edi.

Bundan oldingi rekord ham ushbu elektrokarga tegishli: 7 daqiqa 5,12 soniya. Nio EP9 yana bir rekordni yangilagan. U Fransiyadagi Paul Ricard trassasini 1 daqiqa 52,78 soniyada bosib o‘tgan.

Nio EP9 cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. Uning qiymati 1,48 million dollarni tashkil etadi.

2. Fransiyaning Renault avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Trezor superkari konsepsiyasini sentabrda yaratgan edi. Kompaniyaning so‘zlariga ko‘ra, uning quvvati 350 ot kuchiga ega.

Renault ushbu konsept-karning maksimal tezligi nechiga teng ekanligini ma’lum qilmadi, biroq u 100 km/soatga 4 soniyadan kamroq vaqt davomida chiqishini ta’kidladi.

Ushbu superkarning eshigi yo‘q, uning saloniga o‘tirish uchun butun tomini ochish kerak.

3. Mercedes kompaniyasi Vision Mercedes-Maybach 6 konsept-karini avgust oyida taqdim qilgan edi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, dvigatelining quvvati 738 ot kuchiga ega.

5,6 metrli elektrokar 100 km/soat tezlikka 4 soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Uning maksimal tezligi esa 249 km/soatni tashkil qiladi.

Uning eng e’tiborli jihati tez quvvat olishida. Besh daqiqada 100 kilometr masofani bosib o‘tishga yetadigan quvvat oladi.

4. Xorvatiyaning Rimac avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Concept_One elektrokarini mart oyida Jeneva avtosalonida namoyish qilgan edi. Elektrokarning quvvati 1088 ot kuchiga ega.

Ushbu avtomobil tezligi bo‘yicha Porsche Spyder 918’ni ham ortda qoldiradi. Concept_One’ning maksimal tezligi 355 km/soatga teng, 100 kilometr tezlikka esa 2,6 soniyada erishadi.

Hozircha sotuvda Concept_One superkarining olti donasigina mavjud.

5. Chevrolet Corvette superkari — mavjud eng tezyurar superkar bo‘lib, tezlik borasida ikkita jahon rekordini yangilagan. U cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. 2019-yilda yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Ushbu elektrokar o‘tgan yilning mart oyida Floridada sinov vaqtida tezligini 301 km/soatgacha chiqarib jahon rekordini yangilagan edi. Iyul oyida esa tezligini 331 km/soatgacha chiqarib o‘z rekordini ortda qoldirdi.

Tezlikni sevuvchi avtomobil ixlosmadlari ushbu elektrokarni 750 ming dollarga sotib olishlari mumkin

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют