» » Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi sohilida dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi sohilida dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida “Avaza” milliy sayyohlik zonasining “Kamalak” bolalar ko‘ngilochar bog‘ida o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilning may oyi boshida Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston Prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari o‘zbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Mazkur taklifga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola “Dayanch” bolalar sog‘lomlashtirish markaziga yuborildi. Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan dam olish taassurotlari, turkmanistonlik tengdoshlari bilan do‘stlik munosabatlari to‘g‘risida suhbatlashdi, sog‘lomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bolalarga sovg‘alar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 00:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют