» » 3 ta penalti va 4 ta qizil ko‘rsatgan andijonlik hakam eng ko‘p muxlis kelgan o‘yinda ishlagan

3 ta penalti va 4 ta qizil ko‘rsatgan andijonlik hakam eng ko‘p muxlis kelgan o‘yinda ishlagan


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-turida eng ko‘p muxlis “Buxoro” — “Navbahor” o‘yiniga tashrif buyurgan, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

11-tur davomida stadionlarga jami 37.440 muxlis kelgan. Bu Angliya Premyer-ligasining 1 ta o‘yini uchun tashrif buyuradigan muxlislarning o‘rtacha ko‘rsatkichiga teng.

Vodiyda kechgan “Qo‘qon—1912” — “Lokomotiv” o‘yiniga ham 10 mingdan ziyodroq muxlis keldi, biroq qo‘qonliklar bu borada Buxorodagidan biroz kamroq ko‘rsatkich qayd etgan.

So‘nggi turning eng shov-shuvli o‘yini eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan uchrashuvda kuzatilgani e’tiborga molik. Andijonlik referi Temur To‘xtasinov “Navbahor” darvozasiga 3 ta penalti tayin qilib, har ikki klub bosh murabbiylarini maydondan chetlatgandi.

“Buxoro” — “Navbahor” 3:3 (10.954)
“Qo‘qon—1912” — “Lokomotiv” 1:1 (10.576)
“Qizilqum” — “Neftchi” 2:2 (6.472)
“Olmaliq” — “Metallurg” 1:0 (2.485)
“Bunyodkor” — “Paxtakor” 1:1 (2.123)
“So‘g‘diyona” — “Sho‘rtan” 1:0 (2.067)
“Nasaf” — “Mash’al” 1:0 (1.503)
“Obod” — “Dinamo” 3:1 (1.260)

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют