» » Julian Assanjning onasi Avstraliya bosh vazirini ogliga yordam korsatishga chaqirdi

Julian Assanjning onasi Avstraliya bosh vazirini ogliga yordam korsatishga chaqirdi


WikiLeaks tashkilotining asoschisi Julian Assanjning onasi Kristin Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbullni ogli Ekvadorga tosiqlarsiz yetib olishida Buyuk Britaniya hukumatiga bosim otkazishga chaqirdi, deb xabar berdi TASS.

Jurnalistlar bilan suhbatlashgan Kristin Assanj Avstraliya hukumati oglining sayohat qilishi uchun tezda yangi pasport rasmiylashtirib berishi lozimligini aytdi.

Men Malkolm Ternbullni ozini bosh vazirdek tutishga va mamlakat fuqarosini himoya qilishga chaqiraman, dedi Kristin.

Oz navbatida Assanjning huquqshunoslari jamoasi vakili Greg Barns Sky News telekompaniyasiga bergan intervyusida Avstraliya hukumati Vashington va London bilan gaplashib korishi lozim deya takidladi.

Avstraliya hukumati mamlakat fuqarosi bolgan Julian Assanjning muammosini hal qilishdan allaqachon chetga chiqqan, dedi advokat.

18-may, payshanba kuni Shvetsiya prokuraturasi zorlashda gumonlanayotgan Assanjga nisbatan tergovni toxtatgan edi, biroq u hamon Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda. Reuters agentligining malum qilishicha, WikiLeaks asoschisi 2012-yilda sudga kelmagani sabab Vestminster magistrat sudi tomonidan berilgan hibsga olish orderi haligacha oz kuchida.

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (20-05-2017, 19:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -